Asosiy mazmunga o'tish
Havo-suv issiqlik nasoslari

Uyingizga tabiatdan olingan issiqlik

Bitta qurilma bilan isitish, sovutish va issiq suv. R290 va R32 xladagentli modellar, Full DC Inverter texnologiyasi va modelga qarab −38 °C gacha barqaror ishlash.

  • R290 va R32 xladagent
  • A+++ energiya klassi
  • 39 dB dan past
  • Kafolat va servis
YECO CLIMATE

0+

Instagram obunachilari

0%

Energiya tejamkorligi

0 dB

Minimal shovqin darajasi

0 °C

Barqaror ishlash harorati

Nima uchun issiqlik nasosi

Bitta tizim — yil bo'yi qulaylik

Issiqlik nasosi issiqlikni ishlab chiqarmaydi — uni havodan ko'chiradi. Shuning uchun sarflagan har 1 kVt elektr energiyasi 4–5 kVt issiqlikka aylanadi.

Uch vazifa bitta qurilmada

Qishda isitadi, yozda sovutadi, yil davomida issiq suv beradi. Alohida qozon, konditsioner va boyler kerak emas.

Elektrga qaraganda 4–5 barobar tejamkor

COP koeffitsienti 5.2 gacha: 1 kVt iste'mol qilib 5 kVt gacha issiqlik olasiz. Elektr qozonda bu ko'rsatkich har doim 1 ga teng.

Gaz yo'q, tutun yo'q

Yonish jarayoni bo'lmagani uchun mo'ri, gaz quvuri va yong'in xavfi yo'q. R290 xladagentining global isitish potensiali atigi 3 ga teng.

Sokin va avtomatik

Inverter kompressor quvvatni sozlaydi — keskin yoqilib-o'chish yo'q. Harorat telefon ilovasi orqali boshqariladi.

Mahsulotlar

YECO CLIMATE katalogi

Uy uchun 12 kVt dan sanoat obyektlari uchun 210 kVt gacha. Har bir modelning to'liq texnik xususiyatlari.

01 / 05

Uy issiqlik nasoslari

12–34 kVt · Xususiy uylar va kvartiralar uchun

R290 va R32 xladagentli havo-suv issiqlik nasoslari. Isitish, sovutish va issiq suv ta'minoti — 12 kVt dan 34 kVt gacha quvvat oralig'ida. Issiq pol, radiator va fankoyl tizimlariga mos.

  • R290 va R32 xladagent
  • Inverter — 30% tejamkorlik
  • 39 dB dan boshlab
  • −25 °C da ishlaydi

02 / 05

Sanoat issiqlik nasoslari

50–210 kVt · Biznes va yirik obyektlar uchun

Mehmonxona, savdo markazi, ishlab chiqarish va ko'p qavatli binolar uchun yuqori quvvatli havo-suv issiqlik nasoslari. Kaskad rejimi va 75 °C gacha yuqori haroratli suv.

  • 210 kVt gacha quvvat
  • Kaskad ulash
  • 75 °C gacha suv
  • R290 / R32 xladagent

03 / 05

Issiqlik nasosli suv isitkichlar

210–320 L · Issiq suv uchun alohida yechim

Ichiga o'rnatilgan issiqlik nasosi bilan ishlaydigan suv isitkichlar. Oddiy elektr boylerga qaraganda 65% gacha kam elektr sarflaydi, COP 5.2 va sterilizatsiya rejimiga ega.

  • COP 5.2
  • Sterilizatsiya rejimi
  • Emallangan bak
  • 43 dB shovqin

04 / 05

Bufer sig'imlar

60–500 L · Tizim barqarorligi uchun

Zanglamas po'latdan (SUS304) tayyorlangan bufer baklar. Qurilmaning yoqilib-o'chish chastotasini kamaytiradi, xizmat muddatini uzaytiradi va tizimdan havoni avtomatik chiqaradi.

  • SUS304 zanglamas po'lat
  • Kam yoqilib-o'chish
  • Avtomatik havo chiqarish
  • 50 mm issiqlik izolyatsiyasi

05 / 05

Kosvenniy boylerlar

150–1000 L · Issiq suv zaxirasi

Bir yoki ikki zmeevikli duplex2205 po'lat boylerlar hamda 2v1 kombinatsiyalangan modellar. Issiqlik nasosi, quyosh kollektori va qozonni bitta tizimda birlashtirish imkonini beradi.

  • Duplex 2205 bak
  • Bir nechta issiqlik manbai
  • Barqaror issiq suv
  • 2v1 — joy tejamkor
Uy issiqlik nasoslari
Sanoat issiqlik nasoslari
Issiqlik nasosli suv isitkichlar
Bufer sig'imlar
Kosvenniy boylerlar
Texnologiya

Nima uchun aynan YECO CLIMATE

Har bir qurilma ichida yillar davomida sinovdan o'tgan yechimlar turadi.

GWP 3 · −38 °C

R290 va R32 — tanlov sizda

R290 — tabiiy xladagent: ozon qatlamiga ta'siri nol (ODP = 0), global isitish potensiali atigi 3. R32 — GWP 675, ya'ni R410A dan uch barobar past, va −38 °C gacha sovuqda ishlaydi. Ikkalasi ham EN378 va F-Gas talablariga mos.

−30% energiya

Full DC Inverter

Kompressor, ventilator va suv nasosi — uchalasi ham inverterli. Tizim kerakli quvvatni uzluksiz sozlaydi, doimiy yoqilib-o'chish yo'q. Natijada energiya sarfi 30% dan ortiq kamayadi.

39 dB(A)

Ultra-sokin ishlash

10 qatlamli shovqin bostirish tizimi va tabiiy aerodinamikadan ilhomlangan biomimetik ventilator. Shovqin darajasi 39 dB(A) dan boshlanadi — bu tungi kutubxonadagi sukunatga teng.

316 soat sinov

Ko'p bosqichli himoya

6 qatlamli antikorroziya qoplamasi xizmat muddatini 30% ga uzaytiradi (316 soatlik tuz tumani sinovidan o'tgan). Gidravlik ajratish, kompressor himoyasi, xladagent sizishi detektori va qizib ketishdan himoya.

Sertifikatlar: CB · CE · PED · ETL · MD · UKCA · RoHS

Aqlli boshqaruv

Tizim doim qo'lingizda

Simli kontroller, mobil ilova va IoT platformasi — uchtasi bitta ekotizimda ishlaydi.

01

Simli kontroller

  • 7" yoki 4" LCD sensorli ekran
  • Bir nechta tilni qo'llab-quvvatlaydi
  • 16 tagacha blokni kaskad boshqarish
  • O'rnatilgan Wi-Fi va 4G moduli (opsiya)
  • Smart Grid (SG Ready) bilan mos
02

Mobil ilova

  • Tizim ishlashini masofadan kuzatish
  • Energiya sarfi statistikasi
  • Ish jadvalini sozlash
  • Ko'p zonali harorat boshqaruvi
  • Bir nechta obyektni bitta ilovadan boshqarish
03

IoT platformasi

  • Uskuna haqida ma'lumot yig'ish
  • Ish parametrlarini tahlil qilish
  • Nosozliklarni masofadan diagnostika
  • OTA dasturiy ta'minot yangilanishi
  • Muhandislik loyihalarini boshqarish
Savol-javob

Ko'p beriladigan savollar

Javobini topa olmadingizmi? Qo'ng'iroq qiling — muhandisimiz batafsil tushuntiradi.

Ha. R290 modellari −25 °C gacha, R32 modellari esa uy seriyasida −38 °C, sanoat seriyasida −35 °C gacha barqaror ishlaydi. Toshkent va viloyatlardagi eng sovuq kunlar ham bu diapazondan chiqmaydi, shuning uchun qo'shimcha isitish manbai talab qilinmaydi.

Issiqlik nasosi sarflagan 1 kVt elektrdan 4–5 kVt issiqlik oladi. Elektr qozonga nisbatan tejamkorlik 4–5 barobar, gaz qozoniga nisbatan esa tarifga bog'liq — hisob-kitobni obyektingiz maydoni va izolyatsiyasi asosida bepul tayyorlab beramiz.

Taxminiy hisob: yaxshi izolyatsiyalangan uy uchun har 10 m² ga 1 kVt. Ya'ni 150 m² uyga taxminan 15–16 kVt. Aniq quvvat devor materiali, deraza maydoni, shift balandligi va issiq suv ehtiyojiga bog'liq — muhandisimiz obyektni ko'rib hisoblab beradi.

Ha. R290 modellari suvni 75 °C gacha isitadi — bu an'anaviy radiator tizimlari uchun yetarli. Issiq pol tizimida esa 35 °C rejimi ishlatiladi va bu holda tejamkorlik yanada yuqori bo'ladi.

Qurilmani o'zimiz yetkazib beramiz va to'liq o'rnatib, ishga tushirib beramiz. Kafolat va keyingi servis xizmati ta'minlanadi — shartlar model va obyektga qarab belgilanadi.

Bufer bak shart emas, lekin tavsiya etiladi: u kompressorning tez-tez yoqilib-o'chishini kamaytiradi va uskuna xizmat muddatini uzaytiradi. Issiq suv uchun esa kosvenniy boyler yoki alohida issiqlik nasosli suv isitkich kerak bo'ladi.

12–18 kVt modellar bir fazali 220–240 V tarmoqda ishlaydi, 18 kVt dan yuqori modellar uchun uch fazali 380–415 V kerak. Aniq talab tanlangan modelning texnik xususiyatlarida ko'rsatilgan.

6 qatlamli antikorroziya qoplamasi va inverter texnologiyasi hisobiga uskuna uzoq xizmat qiladi. Bufer bak qo'shilsa, kompressor kamroq yoqiladi va resurs yanada uzayadi. Yiliga bir marta profilaktika ko'rigi tavsiya etiladi.

Aloqa

Obyektingiz uchun hisob-kitob qilib beramiz

Ariza qoldiring — muhandisimiz bog'lanib, uyingiz yoki obyektingizga mos quvvatni va taxminiy narxni aytadi. Konsultatsiya bepul.